Olmazor tumanida gaz ta’minoti qisman to‘xtatildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 18 avgust kuni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Toshkent shahar Olmazor tumanining ba’zi ko‘chalarida gaz ta’minoti vaqtincha uzib qo‘yildi. Bu haqda  Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, hozirda tumanning Chamanbog‘ ko‘chasidan o‘tuvchi gaz quvurini ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu mahallaning qator ko‘chalarida soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 avgust kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent Olmazor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing