Tatyana Karimova Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi
Jamiyat
−
29 avgust 2019
9136Avvalroq, O‘zbekistonda mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotira haftaligi o‘tayotgani haqida xabar bergan edik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida “Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda Islom Karimovning tarixiy o‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya oldida Tatyana Akbarovna Karimova, qolaversa, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydilar.
Mazkur konferensiya Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasi, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Konferensiyada Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova so‘zga chiqib, Islom Karimovning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi rolini ifodalovchi O‘zbekiston yangi tarixining muhim voqealari va davrlariga to‘xtalib o‘tgan.
Jumladan, Karimova o‘z nutqida shunday degan:
“O‘ta og‘ir davrda davlat boshqaruviga kelgan Islom Abdug‘aniyevich yurtimizning turli viloyatlarida yuzaga kelgan millatlararo qarama-qarshiliklarni hal etish uchun qat’iy va ayni paytda puxta choralar ko‘rishga kirishdi. U tinchlik va barqarorlik har qanday davlatning, ayniqsa, yosh respublikani ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy-gumanitar rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri ekanini juda yaxshi bilardi. O‘zining puxta o‘ylangan rejalari va faol harakatlari tufayli u insoniy yo‘qotishlarni va ushbu salbiy tendensiyalarning iqtisodiy zararini minimallashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Konferensiyada T.Sh.Shirinov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati K.Jo‘rayev, tarix fanlari doktori, professor M.A. Rahimov, professor S.A. Jo‘rayev, iqtisod fanlari doktori, professor B.Islamov va boshqalar ishtirok etdi.
Konferensiya ishtirokchilarining ma’ruzalarida Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirganligi, Markaziy Osiyoda tinchlikni saqlash, bu mintaqani barqaror xavfsiz hududga aylantirish, Afg‘oniston muammolarini hal etish, jumladan Qirg‘izistondagi vaziyatlarni barqarorlashtirish, Tojikistonda tinchlikni saqlash borasidagi ishlarini e’tirof etdilar.
LiveBarchasi