Olmaliqdagi restoranda erkaklar va ayollar janjal uyushtirdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida erkaklar va qizlar o‘rtasida janjal yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIBB matbuot kotibi holat yuzasidan izoh berdi.

Unga ko‘ra, mazkur holat joriy yilning 11 fevral kuni soat 21:30 da Olmaliq shahar, “Birdamlik” MFYda joylashgan “Marhamat” restoranida sodir bo‘lgani aniqlangan.

Xabarga asosan shu vaqtda voqea joyiga Olmaliq IIB tezkor-tergov guruhi yetib borgan.

O‘rganishlar davomida, janjal ishtirokchilari 6 nafar (2 nafar erkak, 4 nafar ayol)lar aniqlanib IIBga olib borilgan. Tibbiy ko‘rik xulosasida ularning mast holda bo‘lgani aniqlangan.

Hozirda hodisa ishtirokchilariga sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tishlari uchun yo‘llanma berilib, Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea guvohlari va restoran mas’ullari ishga jalb qilingan. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

1865

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing