Olmaliqdagi koloniyadan mahkumning o‘ligi chiqdi (video)
3-sahifa
−
17 fevral
13992Joriy yilning 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish departamentining Olmaliqdagi 14-sonli koloniyasidan 21 yashar mahkum Muhammadqodir Po‘latovning jasadi chiqdi. Bu haqda inson huquqlari faoli, “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Bildirilishicha, marhum sportning ushu yo‘nalishida xalqaro turnirlar g‘olibi bo‘lgan, bolaligidan mazkur sport turi bilan shug‘ullangan. Biror marta sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan, unda biror yondosh kasalliklar kuzatilmagan.
Uning Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi onasi shu yilning 26-28 yanvar kunlari o‘g‘li bilan uzoq muddatli uchrashuvlarda bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ayol bezorilikda ayblanib, 3 yilga qamalgan yolg‘iz o‘g‘lining shu yil avgustida manzil koloniyaga chiqishi, kelin qidirganini aytgan.
Ammo koloniya ma’muriyatining ma’lum qilishicha, 14 fevral kuni mahkumda miokrad infarki va pankreatitning og‘ir formasi kuzatilgan va u vafot etgan.
“Bo‘lishi mumkin, ammo Nigora opa farzandining badanida qiynoq izlari mavjudligi, elektroshoker iziga o‘xshash chiziqlar borligini iddao qiladi. Bizda shubha tug‘dirgan hozircha yagona jihat koloniya ma’muriyatining mahkumning og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida uning yaqinlariga xabar bermaganligidir”, deb yozadi Tashanov.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 6-sonli qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qilgandi. Bosh prokuratura esa murdani ko‘zdan kechirish davomida bo‘yin sohasida strangulyatsion egatdan tashqari boshqa tan jarohatlari aniqlanmaganini bildirdi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

