Olmaliqda velosipedda ketayotgan bolaning boshi beton teshigiga tiqilib qoldi (video)
Jamiyat
−
10 iyun 2023
13588Toshkent viloyatida yo‘l chetida o‘rnatilgan beton elektr tayanchning teshigiga boshi bilan kirib qolgan 14 yoshli bolaga yordam ko‘rsatildi. U velosipedda ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida shunday holatga tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 9 iyun kuni soat 16:54 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmaliq shahar To‘maris ko‘chasida 14 yoshli bolaning boshi beton teshigiga tiqilib qolgani haqida xabar kelib tushgan. Bola ko‘cha bo‘ylab velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga o‘rnatilgan beton elektr tayanchiga urilgan va undagi teshikka boshi kirib qolgan.
FVV qutqaruvchilari maxsus asbob-anjomlar yordamida bolaga amaliy yordam ko‘rsatgan va u tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Aytilishicha, ayni paytda o‘smirning ahvoli yaxshi.
LiveBarchasi