Olmaliqda o‘zini ko‘p qavatli uy tomidan tashlagan qiz bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlandi
3-sahifa
−
04 iyun
20747Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yosh qiz o‘zini 16 qavatli binoning tomidan tashlagani xabar qilingandi. Shahar hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qildi.
Bildirilishicha, bugun, 4 iyun kuni soat 16:45 da mahalliy aholidan Olmaliq shahar IIBga Uvaysiy MFYdagi ko‘p qavatli 45-uyning tom qismidan o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘layotgan qizni qutqarish lozimligi haqida xabar kelib tushgan.
"Shahar IIB va FVB vakillari hamda MFY raisi zudlik bilan voqea joyiga kelib qiz bilan suhbatlashgan. Ammo olib borilgan muzokaralarga qaramasdan qiz o‘z joniga qasd qilgan", deyiladi xabarda.
Mahalla raisi va shu ko‘p qavatli uy aholisining aytishicha, qiz ushbu ko‘p qavatli uyda yashamaydi. Hozirda shahar IIB tomonidan marhum qizning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi