Sotuvchi ayollarni sudragan soliqchilar ishdan olinib, maxsus unvonlari bekor qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq bir necha nafar soliqchi ko‘chada buyum sotuvchi ayollarning tovarlarini yer bilan bitta qilib, ularning o‘zini sudrab ketayotgani aks etgan video tarqalgandi. Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Nazarov “Zamon” ko‘rsatuviga holat bo‘yicha intervyu berdi.

Muzaffar Nazarovning ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tezkor ravishda xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra, voqea aybdorlari bo‘lgan uch nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilingan va barcha maxsus unvonlari bekor qilingan.

“Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining fuqarolarga nisbatan hech qachon kuch ishlatishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bugungi kunda soliq organlari tadbirkorlarga ko‘makchi bo‘lib, ularning qonuniy faoliyat yuritishlarida amaliy yordam berishga harakat qilmoqda”, deydi Nazarov.

Shuningdek, Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasining boshlig‘i, uning o‘rinbosari hamda Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘iga ham tegishli intizomiy jazo qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, voqeadan so‘ng Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev videodagi holat yuzasidan munosabatini bildirib, videomurojaat yo‘llagandi. Unda DSQ raisi xalqdan kechirim so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

503

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing