Olmaliqda ishchilarni tom bosib qoldi. Qurbonlar bor (video)
3-sahifa
−
20 fevral
19407QALAMPIR.UZ tahririyatiga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati(OKMK)dagi 3-misni boyitish fabrikasida quruvchilarni tom bosib qolgani, oqibatda bir necha kishi vafot etgani haqida xabar kelib tushdi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ jurnalisti Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Nashrga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, OKMKdagi 3-misni boyitish fabrikasi (MOF-3) qurilishida quruvchilarni tom bosib qolgan. Aytilishicha, bu qurilishda asosan hindistonliklar ishlaydi va ularning 4 nafari halok bo‘lib, 20 ga yaqin xodim og‘ir tan jarohati olgan.
Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 nafar ishchi vafot etgan.
Hozirda tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyida tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi