Olmaliqda erkak yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburlayotgani aks etgan videolar tarqalib, aholi orasida ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yuz bergan. Yosh bolalarni axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan fuqaroning shaxsi ichki ishlar xodimlari tomonidan aniqlanib, videodagi shaxs Piskent tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro F.X. bo‘lib chiqqan.

Surishtiruv davomida ushbu shaxs ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘lgan.

“Holat yuzasidan yaqinlari bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbat va tergovga qadar surishtiruv davomida uning hozirgi holati mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, davolanishi uchun Olmaliq shahridagi ruhiy asab kasalliklari dispanseriga joylashtirildi”, deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing