Olmaliqda Damas urib yuborgan qizlardan biri vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan 9 kun o‘tib o‘quvchi qizlardan biri shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bugun, 24 may kuni YTH ishtirokchilaridan biri, 2009 yilda tug‘ilgan M.Y. (maktab o‘quvchisi) olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi S.X. boshqaruvidagi Damas avtomashinada 21-maktab qarshisidagi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 14 yoshli ikki nafar o‘quvchi qizni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan edi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing