Olmaliqda bog‘cha tarbiyachisi bolani kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chalardan birida kichik yoshdagi bolaga nisbatan shafqatsiz tarzda tan jarohati yetkazilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 16 iyul kuni Toshkent viloyatida sodir etilgan. Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachisi Q.G. shu bog‘chaning tarbiyalanuvchisi, voyaga yetmagan 2 yoshli O.M.ni kaltaklagan. Oqibatda bolaning chap yuz qismiga jarohat yetkazilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voyaga yetmagan O.M.ga nisbatan yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida joylashgan “Jajji nihollar” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi va uslubchisi 2 yoshli bolani 3 kun davomida qiynab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olmaliq bog'cha tarbiyachisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing