Olma-otada ikki yoshli bola koronavirusdan shifo topdi
Olam
−
01 aprel 2020
4427Bugun, 1 aprel kuni Olma-otada koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan 10 nafar bemor shifoxonadan chiqarildi. Ularning orasida 2 yoshlik bola ham bor.
Ma’lum qilinishicha, shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan bitta bola va ikkita katta yoshdagi bemorga javob berilgan. Olma-ota sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qilishicha, bemorlar 14 kunlik uy karantinida bo‘lishadi.
Ta’kidlanishicha, bemorlarning ikki nafari joriy yilning 13 mart kuni Berlin-Minsk-Olma-ota charter reys bilan Olma-otaga yetib kelishgan. Aeroportdagi tekshiruvlar vaqtida ularda koronavirus aniqlangan. Ayni samolyotda bo‘lganlarning yana 7 nafarida koronavirus aniqlangan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 372 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 3 nafari vafot etgan, 26 nafari esa sog‘aygan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15