AQSHdagi kazinoda bir kun ichida 200 kishi virusdan zaharlandi
Olam
−
08 fevral 2020
13738AQSHdagi kazinolardan birida 200 nafarga yaqin kishi norovirusga chalindi. Bu haqda mahalliy WVUE telekanali xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Luizina shtatining Leyk-Charlz shahridagi L'Auberge kazinosida ro‘y bergan. Ushbu kazinoda bundan bir hafta muqaddam ushbu virus aniqlangan edi.
Shtat sog‘liqni saqlash rahbari Leysi Kavanoning so‘zlariga ko‘ra, norovirus juda yuqumli, chunki jamiyat ichida uning tarqalishi holatlari kuzatilgan.
Ayni paytda zaharlangan barcha odamlar karantinga olingan. Ularning yoniga hech kim qo‘yilmayapti. Kazino va uning yon-atrofidagi barcha muassasalar berkitilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ish ko‘lami kengaysa, shaharda favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Noroulk virusi (norovirus) – ichak yoki oshqozon grippi deb ham ataladi. U o‘tkir ichak infeksiyasini keltirib chiqaradi.
LiveBarchasi