Oliy ta’lim vazirining o‘rinbosarlari bittaga ko‘paydi. Prezident yangi “zamministr” kimligini aytdi

Olam

image

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar maktablari va texnikumlarni boshqarish va metodik ta’minlashga mas’ul etib belgilandi. Bu haqda bugun, 15 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Vazirlikda alohida vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etilib, departament tashkil qilindi. Bu lavozimga yetarli tajribaga ega bo‘lgan, Buxoro shahar monomarkaz rahbari Sadoqat Siddiqova tayinlandi.

Shu bilan birga kasb-hunar ta’limini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha yangi tizim doirasida 45 ta kollej Bandlik vazirligi tizimiga o‘tkazilib, ularning o‘rnida monomarkazlar tashkil etilishi belgilandi. 

“Bugungi kunda oliy ta’lim tizimidagi katta islohotlar o‘z natijasini berishni boshladi. Joriy yilda 36 ta oliygohga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi.

Endi professional ta’lim tizimini tubdan isloh qilish – oliy ta’lim vaziri, uning o‘rinbosarlari, rektorlarning eng ustuvor vazifasi bo‘lishi kerak. Bu juda muhim vazifa, tizimli ish tashkil etilmasa, odamlar rozi bo‘lmaydi”, dedi Prezident.

Buning uchun Professional ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 50 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Viloyat, tuman va shaharlarda Kasb-hunar ta’limi kengashlari tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing