Oliy sudning ayrim sudyalari boshqa lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 27 oktyabr kuni Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli qarorlar qabul qilinib, ayrim sudyalar ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

• Jurayev Bahodir Abdumurodovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilingan;

• Qo‘ldoshev Jahongir Abdug‘aniyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan;

• Ismatova Aziza Sobirjonovna – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan;

• Anorov Furqat Shuhratovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan;

• Mirzaxonov Akmal Habibullayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan;

• Yusupov Temurjon Komiljonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan;

• Mirrahimov Mirali Mahmudjonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlangan.

Shuningdek:

• Allayev Ubaydulla Sa’dullayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

• Qarshiyev Ergash Mustafoqulovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining sudyasi lavozimiga;

• Rajabov Ozodjon Obidovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

• Rahimov Sohib Hayitmurotovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

• Qahhorov Farrux Farmonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillikning besh yil muddatiga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tumani sudining raisi lavozimiga;

• Ravshanov Xurshid Ne’matovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillikning besh yil muddatiga Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;

• Saydullayev Alisher Yusufovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillikning besh yil muddatiga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tumani sudining raisi lavozimiga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Oliy sud Sud'yalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing