Oliy sud Trampning favqulodda bojlarini noqonuniy deb topdi
Olam
−
20 fevral 489 1 daqiqa
AQSH Oliy sudi Prezident Donald Tramp tomonidan bir tomonlama joriy etilgan keng qamrovli favqulodda bojlar federal qonunga zid, degan qarorga keldi. Bu Oq uy uchun tashqi savdo va iqtisodiy siyosatning markaziy masalasida muhim siyosiy mag‘lubiyatdir. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, sud 6 ga 3 ovoz bilan bojlar amaldagi qonun doirasidan chiqib ketganini bildirgan. Ko‘pchilik fikrini qo‘llab-quvvatlagan bosh sudya Jon Roberts Tramp “miqdori, muddati va qamrovi cheklanmagan bojlarni bir tomonlama joriy etish” vakolatiga da’vo qilayotganini ta’kidlagan.
Robertsga ko‘ra, bunday keng vakolatni amalga oshirish uchun Prezident Kongressning aniq ruxsatini ko‘rsatishi shart. Sud Tramp tayanishga uringan favqulodda vakolatlar bunga yetarli emasligini qayd etgan.
Mazkur qaror Trampning ikkinchi ma’muriyati uchun konservativ tarkibdagi Oliy suddan olingan eng jiddiy zarbalardan biri sifatida baholanmoqda. Avvalroq sud immigratsiya, mustaqil agentliklar rahbarlarini ishdan olish va byudjet qisqartishlari kabi masalalarda Prezident tarafini olgan edi.
Live
Barchasi