Oliy sud Plenumi majlisi boshlandi. Majlis ilk bor onlayn efirga uzatilyapti

Jamiyat

image
Ayni damda O‘zbekistonning sud tarixida birincha marta Oliy sud Plenumi majlisi onlayn efirga uzatilmoqda. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 3 iyul kuni soat 10:00 dan boshlab Oliy sud raisi Robaxon Mhxmudova raisligida Oliy sud Plenumi majlisi o‘tkazilyapti.

Unda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud va quyi sudlarning sudyalari, Bosh prokuror, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sudyalar assotsiatsiyasi va Advokatlar palatasi raislari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha va Bola huquqlari bo‘yicha vakillari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Majlisda Oliy sud Plenumining
  • “Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish amaliyoti to‘g‘risida”;
  • “Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar tomonidan da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida”;
  • “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari loyihalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Plenum majlisi Oliy sudning Interaktiv xizmatlar portali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilmoqda.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing