Oliy Rada to‘rt vazirning iste’fosini qabul qildi

Olam

image

Avvalroq, Ukrainada bir qancha vazirlar iste’foga chiqish uchun Oliy Radaga ariza bergani xabar qilingandi. Rada bugun, 4 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda to‘rt vazirning iste’fosini ma’qulladi.

Ukraina parlamenti Adliya vaziri Denis Malyuskani ishdan bo‘shatdi. Uning ishdan olinishi uchun 249 nafar xalq deputati ovoz berdi. Malyuska ilk bor 2019 yil 29 avgustda Adliya vaziri etib tayinlangan va 2020 yilning 4 martida bu lavozimga qayta tayinlangan.

Oliy Rada Atrof-muhit va tabiiy resurslar vaziri Ruslan Striletsni ham ishdan bo‘shatdi. Uning iste’fosi uchun 244 nafar xalq deputati ovoz berdi. Strilets bu lavozimda 2022 yil 14 apreldan beri ishlab kelayotgan edi.

Oliy Rada deputatlari Strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishinni ishdan bo‘shatish uchun ovoz berdi. Kamishinning iste’fosi uchun 243 nafar xalq deputati ovoz berdi. U 2023 yil martida Ukrainaning Strategik sanoat vaziri etib tayinlangan edi.

Shuningdek, Oliy Rada Bosh vazirning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Olga Stefanishinani ham ishdan bo‘shatdi, uning iste’fosini 241 deputat qo‘llab-quvvatladi. Stefanishina 2020 yilning 4 iyunidan beri Ukrainaning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Oliy Rada Vitaliy Kovalning Ukraina Davlat mulki jamg‘armasi rahbari va Bosh vazirning vaqtincha bosib olingan hududlarni reintegratsiya qilish bo‘yicha o‘rinbosari Irina Vereshuk lavozimidan ketishini qo‘llab-quvvatlamadi.

Ukraina parlamenti Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning iste’fosi haqidagi masalani ko‘rib chiqmadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba iste’foga chiqish uchun ariza yozgani xabar qilingandi. Uning o‘rniga o‘rinbosari Andrey Sibiga TIV rahbarligiga tayinlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Aleksandr Kamishin Denis Malyus'ka Ruslan Strilets Olga Stefanishina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing