Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi o‘zgardi
Jamiyat
−
09 aprel 2019 7906 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Nizomga ko‘ra, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘limiga bir qator hujjatlar bilan birgalikda yashash joyidan tavsifnoma hamda oila a’zolari soni haqidagi ma’lumotnoma ham topshirilishi lozim edi.
O‘zgartirishlarga asosan mazkur talab endi bekor qilindi.
Endilikda ishlayotgan (o‘qiyotgan) nomzodlargina ish (o‘qish) joyidan tavsifnoma hamda ma’lumotnoma olib kelishi lozim. Ishlamayotgan (o‘qimayotgan) nomzodlardan bu hujjatlar talab qilinmaydi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust