Oliveyra Maxachevga qarshi jangdan voz kechdi

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Charlz Oliveyra amaldagi chempion Islom Maxachevga qarshi revansh jangidan voz kechdi. Bunga uning tayyorgarligi bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Tashkilot mazkur jangni 21 oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etishni reja qilishgan. Biroq braziliyalik jangchi ushbu muddatga qadar tayyor bo‘la olmasligini ma’lum qilgan va ushbu jangni noyabr yoki dekabr oyiga ko‘chirishni so‘ragan. 

“Ochig‘ini aytganda men uchun oktyabr juda erta. Men noyabr yoki dekabrda jang qilishga tayyorman. Men kutishga tayyorman. Shunisi aniq men Abu-Dabida jang qilolmayman. Ko‘ramiz UFC qanday qarorga kelar ekan”, deydi Charlz Oliveyra.

Ma’lumot uchun, Islom Maxachev va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi birinchi jang 2022 yilning 22 oktyabr kuni braziliyalikka tegishli chempionlik kamari uchun kechgan edi. UFC 280 turniri doirasida o‘tkazilgan mazkur bahs dastlabki raundda rossiyalik sportchi foydasiga hal bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing