Olimpiadaning yettinchi kunidan so‘ng medallar jamg‘arish reytinggi qanday?
Sport
−
14 fevral 1799 2 daqiqa
2026 yilda Italiyada bo‘lib o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarining yettinchi rasmiy musobaqa kuni yakunlandi. Kun doirasida oltita sport turi (chang‘i uchush, konkida uchish, biatlon, snoubord, skeleton va figurali uchish) bo‘yicha yettita medal jamlanmasi uchun bahslar bo‘lib o‘tdi.
Kun yakunlariga ko‘ra, Norvegiya jamoasi jami 18 ta medal (8 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza) bilan medallar jamg‘arish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi. Italiya jamoasi ham 18 ta medal (6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. AQSH jamoasi esa 14 ta medal (4 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza) bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.
Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-10 talik quyidagicha:
- Norvegiya – 8 oltin, 3 kumush, 7 bronza;
- Italiya – 6 oltin, 3 kumush, 9 bronza;
- AQSH – 4 oltin, 7 kumush, 3 bronza;
- Fransiya – 4 oltin, 5 kumush, 1 bronza;
- Germaniya – 4 oltin, 4 kumush, 3 bronza;
- Shvetsiya – 4 oltin, 3 kumush, 1 bronza;
- Shveysariya – 4 oltin, 1 kumush, 2 bronza;
- Avstriya – 3 oltin, 6 kumush, 3 bronza;
- Yaponiya – 3 oltin, 3 kumush, 8 bronza;
- Niderlandiya – 3 oltin, 3 kumush 1 bronza.
Ma’lumot uchun, Olimpiadaning 8-kungi bahslarida short-trek bo‘yicha 1500 metr masofadagi bahslar bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik Daniil Yeybog ishtirok etadi. Chorak finalda Daniil 6-guruhdan o‘rin oldi. Shuningdek Yeybog 500 metr masofaga kechadigan poyga saralashida ham startga chiqadi.
Live
Barchasi