Olimpiada vaqtida Ispaniya Fransiyaga xavfsizlik bo‘yicha ko‘maklashadi

Sport

image

Ispaniya milliy politsiyasi 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Olimpiya o‘yinlari vaqtida xavfsizlikni kuchaytirish uchun Fransiyaga 175 nafar politsiyachini yuboradi. Bu haqda Ispaniya huquq-tartibot idoralari matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispan kontingenti Fransiya milliy politsiyasiga qo‘shiladigan 175 nafar agentdan iborat bo‘ladi. 

Olimpiya o‘yinlari g‘oyat katta global ahamiyatga ega bo‘lgan voqea hisoblanib, unda xavfsizlik muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, birinchi ispaniyalik huquq-tartibot idoralari xodimlari 11 iyul kuni Parijga keladi.

Ma’lumot uchun, Parij tarixdagi 33-Olimpiadaga mezbonlik qiladi. Musobaqalarning ochilish marosimi an’anaviy tarzda stadionda emas, balki Sena daryosi qirg‘oqlarida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Parij Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made