Olimpiada o‘yinlari 2021 yilda ham o‘tkazilmasligi mumkin 

Olam

image

Yaponiya xalqi 2021 yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilishiga qarshilik qilmoqda. Bu haqda “Kyodo” xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, yaponlarning 35 foizi Olimpiya o‘yinlarini bekor qilishni, 45 foizi esa keyinga qoldirishni yoqlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo musobaqalar pandemiya sababli, bir yilga qoldirilgan. Hozirda Olimpiya o‘yinlarini 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya o‘yinlarini esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yaponiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 289 mingdan oshgan. 220 mingdan ko‘p bemor sog‘aygan. 3 ming 850 kishi vafot etgan. 

Ta’kidlanishicha, Yaponiyada aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2021 yil fevral oyidan oldin boshlanmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya koronavirus

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing