Olimpiada g‘olib va sovrindorlariga qanday avtomobil topshiriladi? (video)

Sport

image

Bugun, 9 avgust kuni Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Vatanga qaytadi. Olimpiyachilar chiqqan samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportiga soat 20:00 da yetib keladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasining g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashishi ko‘zda tutilmoqda.

Olimpiya o‘yinlari sovrindorlariga maxsus sovg‘alar tayyorlanmoqda. Oltin medal sohiblariga Tahoe, bronza medal qo‘lga kiritgan sportchilarga esa Trailblazer avtomobillari taqdim etiladi.

Avvalroq, chempion sportchiga 200 000 AQSH dollari, bronza medal uchun esa 50 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti berilishi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 23 iyulidan 8 avgustga qadar bo‘lib o‘tgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin va 2 ta bronza medal qo‘lga kiritdi. Ushbu natija evaziga delegatsiya vakillari medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 32, MDH mamlakatlari orasida 2 hamda turkiy davlatlar (hatto Turkiyani ham ortda qoldirib) va Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida 1-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Rio Olimpiadasining g‘olib va sovrindorlariga “Malibu” avtomobili berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Bahodir Jalolov Tokio-2020 Malibu Trailblazer Ulug'bek Rashidov Akbar Jo'raev Tahoe

Baholaganlar

1720

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing