Olimpiada-2020 o‘yinlari qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Olam

image

Yaponiyada joriy yilda koronavirus pandemiyasiga qaramay, Olimpiada o‘yinlari belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Bu haqda Yaponiya Hukumati vakili Katsunobu Kato ma’lum qilgan. 

"Olimpiadaga mas’ul odamlar o‘yinlarga birgalikda muvaffaqiyatli tayyorgarlik olib borish va ularni o‘tkazish uchun harakat qilmoqda. Hukumat ularni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha choralarni ko‘radi", degan Hukumat vakili.

Ma’lumot o‘rnida, Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo musobaqalar pandemiya sababli, bir yilga qoldirilgan. Hozirda Olimpiya o‘yinlarini 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya o‘yinlarini esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tkazish rejalashtirilgan.

Avvalroq, Yaponiya xalqi pandemiya sababli 2021 yilda ham Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilishiga qarshilik qilayotgani haqida xabar bergandik. 

Yaponiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 331 mingdan oshgan. 248 mingdan ko‘p bemor sog‘aygan. 4 ming 305 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

olimpiada-2020

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar