Olimlar kunduzgi uyquning xavfi haqida ogohlantirishdi

Salomatlik

image

Xitoylik olimlarning aniqlashlaricha, kunduzgi uyqu insult xavfini oshirar ekan. Bu haqda EurekAlert xabar bermoqda.

Tungi uyquning to‘qqiz yoki undan ortiq vaqtga cho‘zilishi ham xuddi ana shunday xatarni keltirib chiqarishi aytildi.

Uxan fan va texnologiya universiteti mutaxassislari tajriba o‘tkazishdi. Olimlar olti yil mobaynida 31,7 ming kishini kuzatib borishdi. Ularning 8 foizi kunduzi 1,5 soat, 24 foizi to‘qqiz va undan ortiq vaqt mobaynida uxlashi ma’lum bo‘ldi. 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kunduzi 7-8 soatdan ortiq uxlaydiganlarning insultga uchrashlari xavfi 23 foiz, 9 va undan ortiq vaqt davomida uxlaydiganlarning ushbu dardga yo‘liqish holati 85 foiz bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

Sarvar Rahimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

kunduzgi uyqu insul't

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing