Olimlar koronavirusning yangi belgilarini aniqladi

Salomatlik

image

Olimlar yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda kuzatiladigan alomatlar orasida harakat va nutq buzilishi ham borligini ma’lum qilmoqda. Koronavirusga chalingan xitoyliklarning bir qismida harakat va nutq buzilishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Bu haqda JAMA Neuology tomonidan e’lon qilingan tadqiqot natijalarida yozilgan. 

Uxan shahrida COVID-19 bilan xastalangan 214 kishiga tegishli ma’lumotlarni tekshirgan mutaxassislar, bemorlarning 36%ida va kasallik og‘ir kechgan 46 nafar bemorda nevrologik alomatlar kuzatilganini aniqladilar.

Ular orasida miyada qon aylanishi buzilishi, ong xiralashishi va mushaklarning zaiflashishi singari holatlar mavjud.

Shuningdek, bemorlar koronavirus uchun tabiiy hisoblangan: harorat oshishi, yo‘tal va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilganlar.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 1 777 666 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 108 867 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

644

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing