Olimlar koronavirusni “bostiruvchi” tabiiy mahsulotlarni aniqlashdi
Salomatlik
−
16 noyabr 2020
18416Ulm tibbiyot markazidagi Molekulyar virusologiya institutining bir guruh olimlari tanadagi koronavirus patogenlarini 97 foizgacha bostirishga qodir tabiiy mahsulot aniqlanganini ma’lum qilishdi. Tegishli maqola bioRxiv saytida e’lon qilingan.
Olimlar bir qancha meva sharbatini suv bilan aralashtirib, uni koronavirusga qanday ta’sir qilishini o‘rganishgan.
Viruslar nafas olish tizimida birinchi bo‘lib tomoqni zararlashidan kelib chiqib, ular qora chetan (ryabina) sharbati va ko‘k choyning virusga qarshi ta’sirga ega ekanligini aniqladilar.
Qora chetan SARS-SoV-2 faolligini 96,98 foizga, gripp virusini esa ancha samarali “bostiradi”. Anor sharbati va ko‘k choy esa koronavirus faolligini 80 foizga kamaytiradi.
Olimlarning ta’kidlashicha, boshqa tabiiy sharbatlar va ko‘k choy kasallikni yengillashtiradi, chunki ular organizmda kislotali muhit yaratadi.
Qolaversa, ular tarkibida virusga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan o‘simlik polifenollari mavjud. Shuning uchun mazkur sharbatlar va ko‘k choy virusni tomoqda yo‘q qilishi mumkin.
Ushbu tadqiqot hali ilmiy jamoatchilik tomonidan baholanishi kerak.