Olimlar koronavirus maksimum qaysi haroratda yo‘q bo‘lishini aniqladi
Olam
−
17 aprel 2020
50034Provans universitetining fransuz olimlari guruhi koronavirus 92 daraja issiqlikka tushganda 15 daqiqa ichida to‘liq nobud bo‘lishini aniqladi. Mutaxassislarning xulosalari ilmiy materiallarni nashr etadigan bioRxiv resursida e’lon qilingan.
Tadqiqotchilar tajriba davomida koronavirusni bir soat davomida 60 darajaga qizdirishdi. Shundan so‘ng ham koronavirusning ba’zi shtammlari ko‘payish xususiyatini saqlab qolishi mumkinligi aniqlandi. 60 darajaga qadar qizdirish bemorning tahlillari o‘rganiladigan ko‘pgina laboratoriyalarda ishlatiladigan standart protokol hisoblanadi. 15 daqiqa davomida 92 darajaga qizdirilgandan so‘ng, koronavirus to‘liq yo‘q qilishga erishilgan.
Fransuz olimlari eksperiment uchun Germaniyadan kelgan bemordan olingan koronavirus shtami yuqtirilgan Afrikadagi yashil maymun buyrak hujayralaridan foydalanishdi. Infeksiyalangan hujayralar ikkita sinov naychalariga joylashtirildi - biri toza muhit bilan, ikkinchisi hayvonlarning steril bo‘lmagan oqsillari bilan.
Isitishning standart tartib-qoidalaridan so‘ng, toza muhitda virus shtammlari to‘liq yo‘q qilindi, ammo ularning ba’zilari steril bo‘lmagan namunalarda saqlanib qoldi. Tadqiqotchilar standart viruslarni zararsizlantirish protokoli past virusli namunalarni yo‘q qilish uchun yetarli bo‘lishini taxmin qilmoqda.