Olimlar koronavirusning tez tarqalishi sababini aniqladi
Salomatlik
−
26 mart 2020
73562Gonkong mikrobiologlarining fikriga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasini yuqtirgan odam bir hafta ichida boshqalarga yuqtirishi mumkin bo‘ladi. Undan keyingi haftalar oralig‘ida yuqish ehtimoli kamayadi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar bermoqda.
Olimlar virus yuqtirganlarning so‘lagini tahlil qilgandan so‘ng shunday xulosaga kelgan. Namunalardagi “virusli yuk” darajasi birinchi haftada juda yuqori bo‘lgan va undan keyin haftada uning ta’sir doirasi kamaygan.
Infeksiya yuqqanidan keyingi dastlabki yetti kun ichida “virusli yuk” virusni bir odamdan ikkinchisiga oson yuqishiga sabab bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 472 076 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 21 308 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 114 870 virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi