Olimlar 400 yoshli “vampir”ning dahshatli yuzini tikladi
Olam
−
13:55 6523 2 daqiqa
Xorvatiyada XV yoki XVI asrlarga oid topilgan jasadning tashqi ko‘rinishi qayta tiklandi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Xorvatiyaning Zagreb shahridagi Racheza qal’asida XV yoki XVI asrlarga oid jasad topilgan. Bu poytaxtdan 110 kilometr janubi-sharqda joylashgan qal’a ichida topilgan 180 dan ortiq dafn marosimlaridagi odamlardan biri bo‘lgan. Jarohatlar soni va og‘irligiga qarab, erkak hayotda askar yoki shunchaki shafqatsiz janglarga o‘rganib qolgan “vampir” bo‘lgani taxmin qilingan.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, erkakning qoldiqlari uning o‘limdan tirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ataylab tahqirlangan. Erkakning boshi tanasidan ajratilgani mutaxassislarning e’tiborini tortgan. Arxeolog Natasa Sarkichning so‘zlariga ko‘ra, erkakning boshi ehtiyotkorlik bilan kesilmasdan, tom ma’noda tanasidan uzib tashlangan.
Uning yuzini tiklash uchun kompyuter grafikasi bo‘yicha mutaxassis Tsitseron Moraes zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan. Avvaliga mutaxassislar kompyuter tomografiyasi ma’lumotlari asosida uning bosh suyagini virtual ravishda rekonstruksiya qilgan.
Bioarxeologik tahlil bu odamni tez-tez zo‘ravonlik mojarolarida qatnashganini va o‘zi ham zo‘ravonlik bilan o‘lganini aniqlashgan. U hayoti davomida kamida 3 ta jiddiy shaxslararo zo‘ravonlik holatini boshdan kechirgan. Aynan ushbu hujumlar uni jirkanchlik jarohatlarga olib kelgan.
“U zo‘ravonlik bilan o‘lgan. Hayotda tajovuzkorona harakat qilgan yoki gunohkor, ijtimoiy jihatdan og‘ishgan shaxslar deb hisoblangan odamlar vampirga aylanishi mumkinligiga ishonishgan. Ehtimol, ular boshqalar bilan munosabatlarida doimiy zo‘ravonlik bilan ajralib turadigan, buzilgan yuzlari va marginal turmush tarzi tufayli “vampirlar” yoki g‘ayritabiiy mavjudotlar deb hisoblangan. Bunday mavjudotlar tiriklarga zarar yetkazish, kasalliklarni tarqatish, odamlar va chorva mollarini o‘ldirishga qodir deb hisoblangan”, deb aytgan Doktor Sarkich o‘z xulosalaridan kelib chiqqan holda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polshada olimlar jamoasi DNK, 3D va loyni modellashtirishdan foydalanib, 400 yoshli ayolning yuzini qayta tiklagan edi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi