Olimlar 3,7 mln yoshli odamning yuzini qayta tikladi

Bu qiziq

image

Olimlar insoniyatning juda qadimgi ajdodlaridan biri bo‘lgan insonning yuzini qayta tikladi. Bu haqda “Science” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu qoldiq “Little Foot” deb atalgan va u taxminan 3,7 million yil oldin yashagan. 1980 yilda Janubiy Afrikadagi g‘ordan topilgan. 

Dastlab faqat kichik oyoq suyaklari topilgani uchun ham unga “Little Foot”, ya’ni “Kichik oyoq“ nomi berilgan. Keyinchalik esa g‘or devoriga yopishib qolgan deyarli butun tana skelet aniqlangan. Uni toshdan ajratib olish uchun olimlarga qariyb 15 yil kerak bo‘lgan.

Tadqiqotni Fransiyadagi “University of Poitiers” olimlari olib borgan. Paleoantropolog Ameliye Bodet boshchiligidagi jamoa qadimgi bosh suyagini kompyuter orqali yig‘ib, uning yuz ko‘rinishini tiklashga muvaffaq bo‘lgan

Ushbu topilma “Australopithecus” deb ataladigan qadimgi odam ajdodlari guruhiga kirishi aniqlangan. Ammo uning aniq qaysi turga tegishli ekanini aniqlash qiyin bo‘lgan. Chunki, bosh suyagi millionlab yillar davomida tosh bosimi ostida ezilib, shakli o‘zgargan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Niger hududida Chikago universiteti paleontologlari boshchiligidagi xalqaro olimlar guruhi tomonidan Spinosaurus mirabilis (“ajoyib tikonli kaltakesak”) deb nomlangan yangi tur qoldiqlari topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Science qayta tiklash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing