“Oldin o‘zingga boq...” Xitoy G7’ning da’volariga javob qaytardi

Olam

image

Xitoy G7 mamlakatlari boshqa davlatlarning qurol-yarog‘ nazorati siyosatini tanqid qila turib, o‘zlari yadroviy qurolni tarqatmaslik global tizimini jiddiy ravishda buzadi, deb hisoblaydi. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni brifingda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma’lum qildi.

“Katta yettilik davlatlari boshqa davlatlarning strategik xavfsizlik va qurollarni nazorat qilish siyosatini tanqid qiladilar, biroq ularning o‘zlari yadroviy qurolsizlanish va yadroviy qurollarni tarqatmaslik xalqaro tizimini buzishda davom etmoqda. Qo‘shma Shtatlar va Buyuk Britaniya Avstraliyaga suv osti yadroviy reaktorlari va qurol-yarog‘larini o‘tkazmoqda. Bu yadroviy qurollar tarqalishining jiddiy xavfini keltirib chiqaradi va Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma maqsadlarini buzadi”, deydi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Shuningdek, Van Venbin Xitoy har doim yadroviy mudofaa strategiyasini va yadroviy quroldan birinchi bo‘lib foydalanmaslik siyosatini olib borganini, yadro kuchlarini milliy xavfsizlikni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan eng past darajada ushlab turishini ta’kidlagan.

G7 davlatlari esa bugun, 18 aprel kuni Xitoy yadro arsenalini ko‘paytirishdan xavotir bildirgan va Pekinni Vashington bilan strategik barqarorlik bo‘yicha muloqotga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy yadroviy qurol G7

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing