Oldin chetga, keyin xalqqa. 2021 yilda mashina eksporti keskin oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2021 yil yengil avtomobil eksporti 10 401 taga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yilda O‘zbekiston 10 davlatga qiymati 281,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 28 952 ta yengil avtomobil eksport qilgan.

Yengil avtomobil eksporti 2020 yilga nisbatan solishtirilganda 10 401 taga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021 yil 2020 yilga nisbatan 43 413 dona kam avtomobil ishlab chiqarilgan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda eng ko‘p ishlab chiqarilgan engil avtomobil Cobalt (71 082 dona) bo‘lgan.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerak, o‘zbekistonliklar avtomobil xarid qilish uchun oylab navbat kutadi. Xususan, ayni vaqtda minglab, balki o‘n minglab navbat shakllangan.

Avvalroq, “UzAuto Motors” mikrosxemalar yetishmovchiligi sababli avtomobillarini magnitolasiz ishlab chiqarishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

282

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing