Olaf Shols Putinga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirdi

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyaga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirdi va til topishish zarurligini targ‘ib qilmoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an “A Haber” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi. Intervyu kecha, 2 noyabr oqshomida efirgaa uzatildi. 

“Bir oy oldin (Rossiya Prezidenti Vladimir) Putinga nisbatan butunlay boshqacha pozitsiyani egallagan Germaniya kansleri Shols umumiy til topish zarurligini ta’kidlab, Rossiyaga munosabatini o‘zgartirdi”, dey Turkiya rahbari.

Shuningdek, u xalqaro maydondagi muammolarni bartaraf etishda rahbarlar diplomatiyasining hal qiluvchi ahamiyatini qayd etgan. 

Avvalroq Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan so‘ng “don yo‘lagi” ishini tiklash bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ma’lum qilgandi. 

Joriy yilning 30 oktyabr kuni Kiyev tomonidan Qora dengiz floti kemalari va Sevastopol akvatoriyasidagi fuqarolik kemalarida sodir etilgan teraktdan so‘ng Rossiya Ukraina portlaridan mahsulot eksport qilishda ishtirok etishni to‘xtatganini e’lon qildi. 

22 iyul kuni Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan g‘alla bitimi Ukraina don, oziq-ovqat va o‘g‘itlarni Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi. Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazi kemalar harakatini muvofiqlashtirish uchun javobgardir. Shartnoma muddati 19 noyabrda tugaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Olaf Shol'ts

Baholaganlar

496

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing