Oktyabrda oziq-ovqat mahsulotlari qanchaga qimmatlagani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
01 noyabr 2021
5315Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 10,6 foizni tashkil qildi. Davlat statistika qo‘mitasi hisoboti shundan darak bermoqda.
Joriy yil boshidan iste’mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 7,3 foizni, yillik nisbatda esa 10,6 foizni tashkil etdi.
2021 yilning oktyabr oyida narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,9 foizga oshdi. Ushbu davrda, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 1,1 foizga, aholiga pullik xizmatlar narxlari 0,5 foizga oshdi.
2021 yilning oktyabr oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi (INI) 1,3 foizni tashkil etdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yil yanvar-oktyabr oylarida umumiy INI o‘rtacha oylik o‘sish darajasi 0,7 foiz darajasida shakllandi.
LiveBarchasi