Oktyabrda 9 kun magnit bo‘roni kuzatiladi

Olam

image

Olimlar 20-29 oktyabr kunlari magnit bo‘ronlari bo‘lishini bashorat qilishdi. Bu haqda RIA Novosti Rosgidrometga asosan xabar qildi.

“Rosgidrometning Ye.K. Fedorov nomidagi amaliy geofizika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 20 oktyabrdan 29 oktyabrgacha Yerda geomagnit maydonning takroriy buzilishi - magnit bo‘ronlari kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, 20-24 oktyabr va 27-29 oktyabr kunlari magnit maydoni bezovtalanishi zaif, 25 va 26 oktyabr kunlari o‘rtacha bo‘lishi mumkin.

Oktyabr boshida Fanlar akademiyasi Quyosh fizikasi instituti Rentgen astronomiyasi laboratoriyasining mutaxassislari bir hafta davomida magnit bo‘ronlari kuzatilishi haqida xabar bergandi.

Magnit bo‘ronlarining tasnifida 5 ta  G1 - G5 daraja mavjud bo‘lib, zaif bo‘ron - energiya tizimlarining ishlashida kichik uzilishlarni keltirib chiqarishi va qushlar va hayvonlarning ko‘chishiga ta’sir qilishi mumkin.

Kuchli bo‘ronlar esa qisqa to‘lqinli aloqa va navigatsiya tizimlarining ishlamay qolishiga, shuningdek sanoat tarmoqlarida elektr energiyasining uzilishiga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

magnit bo'roni

Baholaganlar

609

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing