Oktyabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya qancha bo‘ldi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning oktyabr oyiga ko‘ra statistik ma’lumotlarni taqdim etdi. Unda qayd etilishicha, o‘tgan oyda o‘rtacha iste’mol narxlari darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 1,5 foizni tashkil etgan. 

Yilning o‘tgan davri moybanida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 11,4 foizga qimmatlagan. O‘tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16,3 foizga oshgan.

2018 yilning oktyabrida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 1,3 foizga, 2017 yilning dekabr oyiga nisbatan 9,5 foizga, 2017 yilning oktyabriga nisbatan esa 16,3 foizga qimmatlashgan.

O‘rtacha oylik narx indekslari o‘sish sur’atining hisoblanish tartibiga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-oktyabr oylari davomidagi iste’mol narxlari indeksi 1,1 foizni, 2018 yilning yanvar-oktyabrida esa 0,9 foizni tashkil etgan. Shunday qilib, oktyabr oyi davomida umumiy iste’mol narxlari indeksi joriy yilning yanvar-oktyabr oylaridagi o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati ko‘rsatkichidan 0,4 darajaga yuqori bo‘lgan.

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomidagi narxlarning eng yuqori o‘sishi avgust oyida kuzatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2,9 foiz hamda eng yuqori pasayish iyun oyida kuzatilgan bo‘lib, pasayish darajasi 0,5 foizni tashkil etgan. 

O‘tgan yilning mos davridagi qisqa davrli oylik iste’mol narxlari indeksi dinamikasi tahlili natijalariga ko‘ra, umumiy ko‘rsatkichning eng yuqori o‘sishi yanvar oyida (2,7 foiz), sezilarli darajada pasayishi esa iyun oyida (0,4 foiz) qayd etilgan.

O‘tgan oyga nisbatan avgust oyidagi umumiy iste’mol narxlari indeksi nafaqat joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomidagi, balki 2018 yilning yanvaridan 2019 yilning oktyabr oyigacha bo‘lgan davrdagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib sanaladi.

2019 va 2018 yillarning o‘n oyi davomidagi qisqa davrli oylik umumiy iste’mol narxlari indeksi taqqoslash natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘rsatkichlar orasidagi maksimal chekinish yana avgust oyida (2019 yildagi 2,9 foizga qarshi 2018 yildagi 0,3 foiz), oktyabr oyidagi farq esa bor yo‘g‘i 0,2 darajani tashkil etgan (2019 yil oktyabrdagi 1,5 foizga qarshi 2018 yil oktyabr oyidagi 1,3 foiz).

O‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 2018 va 2019 yillarning birinchi o‘n oyi davomidagi iste’mol narxlari indeksi natijalariga asosan, yanvar oyidan iyul oyiga qadar ko‘rsatkichlar orasidagi tafovut avgust, sentyabr va oktyabr oylari o‘rtasidagi farq kabi ahamiyatli emas edi. Shunday qilib, birinchi yetti oylik ko‘rsatkichlar orasidagi diapazon yanvar oyida qayd etilib (2,7 foizga qarshi 1,5 foiz yoki 1,2 darajada), avgust oyiga kelib farqlanish darajasi 2,0 darajani (6,2 foizga qarshi 8,2 %), sentyabr oyida 1,6 darajagacha pasayib (9,7 foizga qarshi 8,1 foiz), oktyabr oyida yana 1,9 darajagacha ko‘tarilgan (11,4 foizga qarshi 9,5 foiz).

O‘tgan yilning mos oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan joriy yilning oktyabr oyida yillik umumiy iste’mol narxlari indeksi o‘tgan oyga nisbatan 0,3 darajaga ko‘tarilgan. Bunda, joriy yilning ilk yetti oyi davomida kuzatilgan nisbiy barqarorlikdan so‘ng avgust oyida u sezilarli darajada ko‘tarilib (13,5 foizdan 16,5 foizgacha), sentyabr oyida esa biroz pasayish holati qayd etilgan (16,0 foizgacha).

So‘nggi o‘tgan 22 oy davomidagi yillik umumiy iste’mol narxlari indeksida qayd etilgan yuqori ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qolgan: eng minimal ko‘rsatkich 2019 yilning yanvar oyida (13,0 foiz), maksimali esa 2018 yilning yanvar oyida qayd etilgan (20,1 foiz).

Yirik guruhlar bo‘yicha narxlar o‘zgarishiga ko‘ra, 2019 yilning oktyabr oyi natijalariga asosan, oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 2,8 foizga oshgan vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlari bor yo‘g‘i 0,7 foizga, xizmatlar narxlari esa 0,4 foizga qimmatlashgan.

2018 yilning oktyabr oyida narxlarning ko‘tarilishi borasidagi yetakchi pog‘ona oziq-ovqat mahsulotlari guruhiga tegishli bo‘lib, oy davomida narxlar o‘rtacha 2,3 foizga qimmatlashgan. Bu vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlari o‘sish sur’ati 0,5 foizni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Statistika qo'mitasi inflyatsiya

Baholaganlar

14

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing