OKMK kuzatuv kengashiga “yangi qonlar” qabul qilindi

Jamiyat

image

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Shuhrat Vafoyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov Olmaliq kon-metallurgiya kombinati kuzatuv kengashiga yangi a’zo sifatida qabul qilindi

Ma’lum qilinishicha, ushbu qabul Hukumatning 2020 yil 16 dekabrdagi topshirig‘iga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xati bilan amalga oshirilgan.

Hozirda OKMK kuzatuv kengashi a’zolari tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Omonulla Nasritdinxo‘jayev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy tarraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdunazarovlar ham bor.

Shuningdek, a’zolar tarkibida “SFI Management Group» MCHJ shaklidagi xorijiy korxona bosh direktori Ulug‘bek Muhammedov, korxona direktorlari Qahramon Mullajonov, Azamat Shamsiyev, Mels Ahmedov hamda “SFI Management Group” MCHJ shaklidagi xorijiy korxona kuzatuv kengashining raisi Qobil Shodiyev ham faoliyat yuritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing