“Chirchiq oxirgi vaqtlarda ancha “charchab” qolgandi”. Mirziyoyev Iftixor mahallasida aholi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahriga tashrifi chog‘ida Iftixor mahallasiga kirib ko‘rdi. Ko‘p qavatli uylarda yashayotgan odamlar bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

“Chirchiq bir paytlar dong‘i ketgan shahar edi. Oxirgi vaqtlarda ancha “charchab” qolgandi. Tegirmon navbati bilan degandek, endi bu yerda ham hamma sharoitlarni yaratamiz. Sanoatni ko‘tarish, ish joylari ochish, yo‘lni, issiqlik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha katta ishlarni boshlayapmiz”, deydi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev hududdagi muammolarni, aholining talab va istaklarini so‘ragan. Tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan yigitga yer ajratish bo‘yicha shahar hokimiga ko‘rsatma bergan. Prezidentni ko‘rishni orzu qilib, davlat rahbari oldiga chiqqan bolani bag‘riga bosib suratga tushgan.

Prezident Matbuot xizmatiga ko‘ra, Mirziyoyev shu yerdagi Lola mahallasida ham bo‘lgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila xonadoniga kirib, hol-ahvol so‘ragan.

Yo‘l-yo‘lakay mehnat faxriylari bilan samimiy suhbat bo‘lgan. Ular mamlakatdagi tinchlik-osoyishtalik, Chirchiq shahridagi o‘zgarishlardan mamnun ekanini aytib, duolar qilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing