Oxirgi besh oyda qaysi mashina eng ko‘p ishlab chiqarilgani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda so‘nggi besh oy davomida Cobalt avtomobili eng ko‘p ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular soni 57 542 donani tashkil qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024 yilning yanvar-may oylarida eng kam ishlab chiqarilgan mashina esa Exeed bo‘lib, ular soni  93 tani tashkil qilgan. Shuningdek, ushbu davr mobaynida 31 239 dona Damas, 19 279 dona Tracker, 14 905 dona Onix, 11 913 dona Lacetti-Gentra, 7433 dona Kia, 4 000 dona Chery, 230 dona Haval avtomobillari ishlab chiqarilgan. 

Bundan tashqari, maxsus yengil avtomobillar soni 10 198 donadan iborat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024 yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil' Cobalt Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing