Zirhli Ajdar, snayper, Kalashnikov.... Toshkentdagi postlar qanday qo‘riqlanyapti? (eksklyuziv fotoreportaj)

Bu qiziq

19

Ma’lumki, joriy yilning 24 mart kuni kechki soat 00:01 dan Toshkent shahriga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan transport vositalarining kirishi va poytaxtdan chiqishi to‘xtatildi.

Bunda Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, Toshkent shahridagi 6 ta muntazam yo‘l-patrul xizmati maskani, 6  ta blok post, 7 ta to‘siq postlar, Toshkent viloyati hudidan Toshkent shahri hududiga kiruvchi 5 ta blok post 5 ta to‘siq postlar yopilgan.

Ayni vaqtda yopilgan postlar atrofida IIV, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari qo‘riqlash ishlarini olib bormoqda. Hududlarga so‘nggi rusumdagi harbiy texnikalar jalb etilgan. 

QALAMPIR.UZ muxbiri Toshkent shahrida joylashgan Uchqahramon, Bektemir, Rohat va Erkin blokpostlarida bo‘ldi va vaziyat bilan tanishdi.Quyida poytaxtga kirib chiqish blokpostlaridan olingan suratlarni ko‘rishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 65 nafarga yetdi. Mamlakatda 65 mingga yaqin kishi karantinga olingan


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus kalashnikov snayper BTR

Baholaganlar

259

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing