Oq uy Rossiyaning Baydenga qarshi sanksiyalariga munosabat bildirdi

Olam

image

Rasmiy Moskvaning javob sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan Amerika rahbariyati vakillari Rossiyaga safar qilishni rejalashtirmagan va rus banklarida hisoblari yo‘q. Oq uy vakili Jen Psaki Moskvaning taqiqlariga shunday munosabat bildirdi.

“Bu sizni hayratda qoldirishi mumkin, lekin hech birimiz Rossiyaga sayyohlik safarini rejalashtirmayapmiz, u yerda hech birimizning kirishimiz kerak bo‘lgan bank hisobimiz yo‘q... Shunday ekan, biz oldinga intilamiz”, deb javob bergan Psaki Rossiya tomonidan kiritilgan cheklovlar haqidagi savolga.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi kecha, 15 mart kuni AQSHga qarshi javob sanksiyalarni e’lon qildi. Moskva “qora ro‘yxat”ga AQSH Prezidenti Jo Bayden, Davlat kotibi Entoni Blinken, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, AQSH Prezidentining o‘g‘li Xanter Bayden va boshqalarni kiritgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

831

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing