Oq uy oldida tartibsizliklar boshlandi
Olam
−
30 may 2020
11829Avvalroq, AQSH politsiyasi tomonidan qora tanli Jorj Floyd o‘ldirilganiga qarshi mamlakat bo‘ylab katta tartibsizliklar boshlangani haqida xabar bergan edik. Ma’lum qilinishicha, 30 mayga o‘tar kechasi Oq uy oldida ham tartibsizliklar boshlangan. Ularning Oq uyga "hujumi" AQSH Maxfiy xizmati tomonidan to‘sib turilibdi. Bu haqda CCN nashri xabar bermoqda.
Davlat rahbari qarorgohi yaqinidagi otishmalar besh soatdan ko‘proq davom etdi. Namoyishchilar Prezident soqchilariga baqirib, turli xil narsalarni uloqtirishdi va temir to‘siqlarni ag‘darishga harakat qilishdi. Kamida bir marta Maxfiy xizmat xodimi olomonga ko‘zdan yosh oqizuvchi qurol ishlatdi.
"Namoyishchilar Minneapolisda vafot etgan qora tanli Jorj Floydni qo‘llab-quvvatlash uchun shiorlar bilan chiqishdi. Ular Prezident Donald Trampga o‘z noroziliklarini bildirishdi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Floydning o‘limidan keyin boshlangan tartibsizliklar bilan birga AQSHning o‘nlab shaharlari norozilik namoyishlari qamrab olmoqda. Los-Anjeles, San-Fransisko, Denver, Nyu-York, Indianapolis, Boston, Detroyt va boshqa shaharlarda hukumatga qarshi chiqishlar bo‘lmoqda. Ba’zi hollarda tartibsizliklar otishmalar bilan bo‘lmoqda. Xususan, Oklendda AQSH Federal xavfsizlik xizmatining bir xodimi o‘ldirildi. Eng noxush holat Minneapolisda kuzatilmoqda, u yerda federal hokimiyat harbiy politsiya kontingentini joylashtirishga tayyorlanmoqda.
LiveBarchasi