Oq uy Baydenning saylovda ishtirok etish bo‘yicha qarorini ma’lum qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden 2024 yilda prezidentlikka ikkinchi bor o‘z nomzodini qo‘yish niyatida. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi.  

Undan Bayden o‘z tarafdorlariga 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirayotganini aytgani bo‘yicha ma’lumot so‘ralgan. 

“Ha, uning shunday niyati bor”, deb tasdiqlagan Psaki. 

Ma’lumot o‘rnida, Baydenning o‘zi va uning yaqin doirasidagi vakillari 79 yoshli Amerika yetakchisi 2024 yilda ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishi haqida xabar tarqatgan. Bu ko‘pchilik demokratlar uning yoshini hisobga olgan holda (ovoz berish vaqtida u 81 yoshda bo‘ladi) Bayden keyingi saylovlarda qatnashmasligi mumkin, deb taxmin qilishlari bilan bog‘liq. Yana bir jihat uning mashhurlik reytingining pasayishi bilan bog‘liq. Bir qator so‘rovlarga ko‘ra, hozirgi kunga qadar Baydenning Prezident sifatidagi faoliyati mamlakat aholisining qariyb 40 foizi tomonidan ma’qullangan. 

Bayden prezidentlik uchun kurashda ishtirok etish haqidagi qarorini oraliq saylovlardan so‘ng Kongressga rasman e’lon qiladi. Ular 2022 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Bayden

Baholaganlar

101

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing