Oq uy HAMASga tahdid qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini tez orada uzaytirishga rozi bo‘lmasa, unga qarshi choralar ko‘radi. Bunday tahdidli ogohlantirish AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi apparatining qo‘shma yozma bayonotida keltirilgan.

Qayd etilishicha, 12 mart kuni vositachilar tomonidan yangi sulh taklifi taqdim etilgan.

“12 mart kuni kechqurun Dohada Stiv Uitkoff va Milliy xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha katta direktori Erik Treyger muzokaralar yo‘li bilan G‘azoda doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash uchun doiraviy tuzilmani tayyorlashga vaqt bo‘lishi uchun Ramazon va Qurbon hayitlaridan keyin sulhni uzaytirish bo‘yicha oraliq taklifni taqdim etdilar” deyiladi hujjatda.

Ma’lum qilinishicha, HAMAS ushbu taklifga rozilik bildirish o‘rniga “mutlaqo amaliy bo‘lmagan talablar” qo‘ygan.

“Afsuski, HAMAS jamoatchilik oldida moslashuvchanlikni e’lon qilish, xususiy tartibda esa doimiy o‘t ochishni to‘xtatmasdan mutlaqo amaliy bo‘lmagan talablarni ilgari surish orqali javob berishga qaror qildi”, deya qo‘shimcha qilinadi bayonotda.

Bayonotda, shuningdek, HAMAS rahbariyatiga Vashingtonning yuqorida tilga olingan taklifi va “yaqin vaqt ichida amalga oshirilishi kerak” degan pozitsiyasi aniq yetkazilgani aytiladi.

“HAMAS muddatni yaxshi biladi. Va u shuni bilishi kerakki, biz muddat tugagach, tegishli ravishda javob beramiz”, deyiladi ushbu hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, 2 mart kuni AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonlarga yangilangan kelishuv loyihasini taqdim etdi. Isroil darhol AQSH tashabbusini qabul qildi. HAMAS esa bu tashabbusni qat’iyan rad etdi va avvalgi kelishuvlarga rioya qilishni davom ettirishini bildirdi. Ammo shundan so‘ng, Isroil  HAMAS ushbu shartlarga rozilik bildirmasa, harbiy harakatlarni qayta boshlashi bilan tahdid qildi. Shundan so‘ng, Misr ham Isroil va HAMASga G‘azo sektorida 60 kunlik sulh, garovga olingan qolgan isroilliklarni ozod qilish va urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni o‘z ichiga olgan yangi kelishuv takliflarini taqdim etdi.  


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Oq uy HAMAS Stiv Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing