Oq xalat kiygan Prezident shifoxonada bemor bolalar xolidan xabar oldi

Jamiyat

image

Bugun, 17 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga tashrif buyurdi. Davlat rahbari ayni vaqtda mazkur markazda bo‘lib turibdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Davlatimiz rahbari barcha tashrif buyuruvchilar kabi poyabzaliga himoya jildlari va egniga oq xalat kiyib, markazdagi sharoitlar bilan tanishuvni boshladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, markaz shifokorlari Prezidentga sohaga qaratilayotgan e’tibor berayotgan samaralar, yaratilgan sharoitlardan taassurotlari haqida so‘zlab bergan.

Davlat rahbari yangi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari bilan ham suhbatlashdi.

Bugun, Shavkat Mirziyoyevning onkogematologik yordam sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar, onalik va bolalik muhofazasini yanada takomillashtirish hamda tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosining borishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing