Oqqo‘rg‘onda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 26 noyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida fuqaroning o‘g‘li va kelini yashash xonadonida o‘lik holda topildi. Bu haqda tuman hokimining mazkur hodisani o‘rganish to‘g‘risidagi qarorida aytib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, “Sultonobod” MFYdagi Sh.Dadaboyev nomida bo‘lgan xonadonda yashovchi marhum o‘g‘li D.Abduhakimov va marhum kelini S.Abduxakimova xonadonda jami 2 nafar fuqaroning vafot etishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

Tumanda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda uning sabablarini tekshirish bo‘yicha dastlabki zarur choralarni ko‘rish, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish, shunga o‘xshash baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida komissiya tuzilgan.

Bosh prokuratura Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Oqqo‘rg‘on tumanida er-xotin is gazdan zaharlanib vafot etgani holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing