Oqibati og‘ir bo‘ladi – AQSH “Tolibon”ni ogohlantirdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonning “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatning ayollarni nohukumat tashkilotlarda (NNT) ishlashdan chetlashtirish haqidagi qaroridan xavotirda. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘zining Twitter sahifasida yozdi. 

“[Biz] “Tolibon”ning Afg‘onistondagi gumanitar yordamni tarqatishda ayollarning ishtirokini taqiqlashi millionlab odamlarning hayotini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan ishlarga putur yetkazishidan chuqur xavotirdamiz. Ayollar butun dunyo bo‘ylab insonparvarlik harakatlarida markaziy rol o‘ynaydi. Bu qaror afg‘on xalqi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin”, deydi AQSH diplomatiyasi rahbari. 

Avvalroq, Afg‘oniston muvaqqat hukumatidagi Iqtisodiyot vazirligi barcha milliy va xalqaro nohukumat tashkilotlarga keyingi ogohlantirishgacha ayollarni ishdan chetlashtirishni buyurgan edi. Shuningdek, agentlik ushbu talabga rioya qilmagan tuzilmalarning litsenziyasini qaytarib olishi haqida ogohlantirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 dekabr kuni “Tolibon” harakati mamlakat universitetlaridan talaba qizlar uchun darslarni keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatishni talab qildi. Buning ortidan AQSH ma’muriyati o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Afg‘onistondagi oliy o‘quv yurtlarida qizlarning o‘qishi to‘xtatilgani munosabati bilan “Tolibon” harakatiga qarshi chora ko‘rishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi

"Tolibon"ga ko‘ra, bunday qarorga “[universitet] yotoqxonalarida ayollarning bo‘lishi va ularning viloyatlardan [o‘qish uchun] erkaklar hamrohligisiz kelishi, talaba qizlarning hijob o‘rash qoidalariga rioya qilmasligi, erkak va ayolning birgalikda o‘qishi, ba’zi fakultetlarda qizlarning o‘qitilishi islom qonunlariga zid va afg‘onlarning g‘ururiga putur yetkazishi sabab bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing