Oilaviy poliklinikalarda shifokorlar faqat to‘liq stavkada ishlaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi. Bu haqda joriy yilning 19 may kuni qabul qilingan “Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi, jumladan:

  • oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, 
  • shu jumladan, ularga filial sifatida biriktirilgan muassasalar hamda mahalla tibbiyot punktlari biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, yuridik maqomga ega oilaviy poliklinikalarga hamda ularning filiallariga aylantiriladi;
  • oilaviy poliklinikalarda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi oilaviy shifokor, pediatr, akusher-ginekolog va tashxislash xizmatlarini ko‘rsatuvchi mutaxassislar, shuningdek, autsorsing asosida stomatologiya xizmati yo‘lga qo‘yiladi;
  • aholiga oilaviy shifokorni erkin tanlash huquqi beriladi.

Shuningdek, tibbiyot brigadasiga 3 ming nafar, zarur hollarda, belgilangan me’yorlarga qo‘shimcha aholi biriktirilishi mumkin. Bunda 2030 yilga qadar 1 tibbiyot brigadasiga ko‘pi bilan 1,7 ming nafar aholi biriktirilishi strategik maqsad etib belgilanadi.

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi.

Oilaviy poliklinikadan 10 kilometrdan uzoq masofada joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlarining sayyor tibbiy xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur farmon bilan tajriba-sinov loyihasi doirasida ayrim tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshirilishi belgilangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

shifokor Oilaviy poliklinika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing